Muammoni tashkilotning o'zi yozadi. Har kim kirib taklifini qoldirishi mumkin — ko'p layk yig'gan taklif tepaga chiqadi va tashkilotga yetib boradi.
Muammo yozish tashkilot hisobiga ochiq
Muammo Smart qurilmalar va tashqi yoritish tizimlarida 12 V quvvat manbaida ishlaydigan, atrof-muhit yorug‘ligi va inson mavjudligini avtomatik aniqlab, yoritishni boshqarishga qodir ixcham, energiya tejamkor va tashqi sharoitga mos universal boshqaruv qurilmasiga ehtiyoj mavjud. Challenge: 12 V tizimlarda foydalanish uchun inson mavjudligi va tashqi yorug‘lik darajasini aniqlash hamda yoritish tizimini avtomatik boshqarish imkonini beruvchi innovatsion yechim taklif qiling. Talablar: 12 V tizim bilan ishlashi; energiya sarfi minimal bo‘lishi; tashqi muhitda ishlashga mosligi; ixcham va ishonchli bo‘lishi; mavjud Smart Eco Bench tizimiga integratsiya qilish imkoniyati. Maqsad: kechasi faqat zarur holatda yoritishni ishga tushirish orqali energiya sarfini kamaytirish va smart yoritish tizimini avtomatlashtirish.